23 Iyun 2021
1990
Xalqaro Olimpiya kuni va “Tokioga 30 kun” mavzularida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi
Bugun Milliy matbuot markazida 23 iyun – Xalqaro Olimpiya kuni va “Tokioga 30 kun” mavzularida matbuot anjumani tashkil etildi. Unda MOQ nomidan tashkilot Bosh kotibi Oybek Kasimov hamda Qo‘mita raisining o‘rinbosari, O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi raisi Azizjon Kamilov ishtirok etishdi.
Tadbirda mutasaddilar Xalqaro Olimpiya kunining yurtimizda nishonlanishi, tashkil etilayotgan tadbirlar, shuningdek, Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlari yo‘lida tayyorgarlik rejalari, hukumatimiz tomonidan yaratib berilayotgan shart-sharoitlar xususida batafsil gapirib berishdi. O‘z navbatida, jurnalistlar mavzular yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi. Anjumanning to‘liq qismini ushbu videoda tomosha qilishingiz mumkin: