2 Avgust 2024 356

Lazizbek Mullojonov Parij-2024 medalini naqd qildi!

Boks boʻyicha jahon chempionati sovrindori Lazizbek Mullojonov (-92 kg) Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlari shohsupasidan oʻzi uchun joy kafolatladi. Chorak finalda 2021-yilgi jahon chempionatining finalchisi, braziliyalik Keno Machadoga qarshi bahs olib borgan hamyurtimiz chiroyli gʻalabaga erishdi va yarim finalga yo'l oldi.

Qayd etish joiz, yarim final ishtirokchilari oʻzlari uchun kamida bronza medalini naqd qilishadi. Biroq biz Lazizbekdan faqat oltin medal kutamiz. Olgʻa, Lazizbek!

Text to speech