1 Avgust 2024 799

Muzaffarbek To’raboyev — Parij-2024 yozgi Olimpiya o’yinlari sovrindori!

O’zbekiston delegatsiyasi Parij-2024 yozgi Olimpiya o’yinlarida ikkinchi medaliga sazovor bo’ldi. Dzyudochimiz Muzaffarbek To’raboyev -100 kg vazn toifasida bronza medalini qo’lga kiritdi.

Hamyurtimiz uchinchi o’rin uchun kechgan bahsda ispaniyalik Nikoloz Sherazadishvilini mag’lubiyatga uchratdi. Barakalla, Muzaffarbek!

Shu tariqa, O’zbekiston delegatsiyasi jamg’argan medallar hozircha 1 ta oltin va 1 ta bronzaga yetdi.

Text to speech