23 Iyun 2021 2313

“Sen, albatta, g‘alabaga erishasan” shiori yosh taekvondochilarimizni ruhlantirdi

Maʼlum qilganimizdek, ayni kunlarda Respublikamiz bo‘ylab “Xalqaro Olimpiya kuni” doirasida Olimpiya haftaligi start oldi. Bugun O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasida “Sen, albatta, g‘alabaga erishasan” shiori ostida Ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Buxoro, Surxondaryo, Qashqadaryo va Toshkent viloyati, shuningdek, poytaxtimizdan tashrif buyurgan yosh taekvondochilar yig‘ilgan ota-onalar va boshqa mehmonlar uchun taekvondoning o‘ziga xos qirralarini ko‘rsatib berishdi. Sobir Nazaraliyev murabbiyligida sportchilar chigalyozdi mashg‘ulotlari va taekvondoda qo‘llaniladigan asosiy zarbalarning texnikalarini namoyish etishdi.

Tadbir yakunida kuni kecha Osiyo chempionatida muvaffaqiyat qozonib kelgan terma jamoamiz aʼzolari Charos Qayumova, Ozoda Sobirjonova, Shuhrat Salayev yig‘ilganlarga esdalik sovg‘alarini taqdim qilishdi.

Text to speech