1 Avgust 2024 338

Muzaffarbek Toʻraboyev Olimpiada medali uchun kurashga kirishdi

Mahoratli dzyudochimiz Muzaffarbek Toʻraboyev (-100 kg) Olimpiadadagi debyutini muvaffaqiyatli oʻtkazdi. Qozog’istonlik Nurlixan Sharxan bilan bellashgan hamyurtimiz raqibini qisqa fursat ichida magʻlub etib, chorak finalga yoʻl oldi. Ushbu bosqichda unga Mixail Korrel (Niderlandiya) va Jafar Kostoyev (BAA) oʻrtasidagi bahs gʻolibi raqiblik qiladi.

Text to speech