31 Iyul 2024 460

Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayevda ham gʻalaba

Boks boʻyicha jahon chempioni Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev ham Olimpiya oʻyinlaridagi debyut jangini muvaffaqiyatli oʻtkazdi. Misrlik Omar Elavadiga qarshi ringga koʻtarilgan yurtdoshimiz oʻzining kuchli va aniq zarbalari qarshisida raqibini ojiz qoldirdi. Endi u 3-avgust kuni Makan Traore (Fransiya) va Nikolai Terteryan (Norvegiya) juftligi gʻolibi bilan yarim final yoʻllanmasi uchun jang qiladi.

Text to speech