31 Iyul 2024 408

Nurmatov va Safaraliyev juftligi ishtirokini yakunladi

Akademik eshkak eshish boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari Shahzod Nurmatov va Sobir Safaraliyev uchun Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlari oʻz poyoniga yetdi. Yengil vazn toifasidagi sportchilar oʻrtasidagi bellashuvlarda qatnashgan hamyurtlarimiz C finalida ishtirok etib, 6:31.33 daqiqa ko’rsatishdi va 3-boʻlib marraga yetib kelishdi. Ushbu natija bilan hamyurtlarimiz Olimpiadani 15-pogʻonada yakunlaydigan boʻlishdi.

Text to speech