31 Iyul 2024 459

Armen Bagdasarov 52 yoshda!

Bugun Mustaqil Oʻzbekiston uchun yozgi Olimpiya oʻyinlarida ilk medalni taqdim qilgan sportchi, dzyudo boʻyicha Atlanta-1996 yozgi Olimpiya oʻyinlari va Bangkok-1998 yozgi Osiyo oʻyinlarining kumush medali sohibi, ikki karra Osiyo chempioni, "Mehnat shuhrati" ordeni, "Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi", "Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan murabbiy" faxriy unvonlari sohibi Armen Bagdasarov tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Armen Yurevichni tugʻilgan kuni bilan qutlab, unga uzoq umr va sihat-salomatlik tilab qoladi.

Text to speech