31 Iyul 2024
562
Eng yosh bokschimiz Olimpiada sovrindorini magʻlub etdi
Boks boʻyicha Oʻzbekiston erkaklar terma jamoasi tarkibidagi eng yosh sportchi Toʻrabek Habibullayev ham Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlaridagi dastlabki bahsini omadli oʻtkazdi. 20 yoshli chinozlik bokschimiz debyut jangida Tokio-2020 yozgi Olimpiya oʻyinlari sovrindori, filippinlik Eymuir Marsialni musobaqadan chiqarib yuborishga erishdi. Barakalla, Toʻrabek!