22 Iyun 2021 2055

Og‘ir atletikachilarimiz so‘nggi yig‘inga kirishishdi

Xabar berganimizdek, kuni kecha og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Tokio-2020 Olimpiadasiga tayyorgarlik doirasida so‘nggi o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga jo‘nab ketgan edi. Terma jamoamiz mo‘ljallangan Ukrainaning Kamenes-Podolskiy shahriga yetib bordi.

Yig‘inga 8 nafar sportchi, 2 murabbiy va 1 massajchi jalb qilingan. Mashg‘ulotlar murabbiylar shtabining rejasi asosida olib borilmoqda. Avval xabar berganimizdek, bu yig‘indan so‘ng jamoamiz 20 iyul kuni Ukrainadan to‘g‘ri Yaponiyaga yo‘l olishadi. Shu bois kuniga 2 mahal olib borilayotgan mazkur mashg‘ulotlarning ahamiyati katta.

Tokio-2020 Olimpiadasida ishtirok etmaydigan vakillarimizning yig‘ini 29 iyul kuniga qadar davom etadi. Maʼlumot uchun, bo‘lajak Olimpiadada Akbar Jo‘rayev, Adhamjon Ergashev, Muattar Nabiyeva hamda Kumushxon Fayzullayeva yurtimiz sharafini himoya qilishadi.

Text to speech