29 Iyul 2024 382

Murodjon Yoʻldoshev qozogʻistonlik dzyudochini magʻlub etdi

Dzyudo boʻyicha jahon chempionati sovrindori Murodjon Yoʻldoshev (-73 kg) Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlarida dastlabki gʻalabasiga erishdi. Qozogʻistonlik Daniyar Shamshayev bilan bellashgan yurtdoshimiz ajoyib harakatlari evaziga keyingi bosqichga yoʻl oldi. Endi u Jek Yonezuka (AQSH) va Adil Osmanov (Moldova) bahsining gʻolibi bilan bellashadi.

Text to speech