28 Iyul 2024
1832
O’zbek dzyudosida tarixiy natija: Diyora Keldiyorova Olimpiada chempioni!
O’zbekiston delegatsiyasi Parij-2024 yozgi Olimpiya o’yinlarini oltin medal bilan boshladi. Mahoratli dzyudochimiz Diyora Keldiyorova (-52 kg) finalda Tokio-2020 yozgi Olimpiya o’yinlarining -48 kg vazn toifasidagi chempioni kosovolik Distriya Krasnichini mag’lubiyatga uchratishga erishdi.
Aziz yurtdoshlar, shu tariqa Diyora Keldiyorova Olimpiya o’yinlari chempionligini qo’lga kiritgan ilk o’zbekistonlik dzyudochiga aylandi. Shuningdek, 16 yil deganda o’zbekistonlik ayol sportchi yana Olimp shohsupasiga ko’tarilmoqda.
Barchaga tarixiy g’alaba muborak bo’lsin. Qolgan kunlarda ishtirok etadigan barcha atletlarimizga ham shunday yorqin g’alabalar tilab qolamiz! Biz sen bilan faxrlanamiz, Diyora!