28 Iyul 2024 626

Diyora Keldiyorova finalda!

Oʻzbekiston delegatsiyasi Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlaridagi dastlabki medalini naqd qildi. Dzyudochimiz Diyora Keldiyorova -52 kg vazn toifasining finaliga yoʻl oldi. Hamyurtimiz yarim finalda mezbonlarning birinchi raqamli sportchisi, Olimpiya oʻyinlarining oltin va kumush medallari sohibi Amandin Busharni magʻlubiyatga uchratishga muvaffaq boʻldi.

Shu tariqa, Keldiyorova kamida kumush medalni naqd qildi. Biroq biz undan faqat va faqat oltin medal kutib qolamiz. Olgʻa, Diyora!

Text to speech