22 Iyun 2021 1966

Osiyo chempionatida tarixni yangilagan taekvondochilarimiz va paralimpiyachilarimiz munosib kutib olindi

Ortda qolgan hafta Livanda taekvondo bo‘yicha Osiyo chempionati va anʼanaviy “Beirut Open” musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Har ikkala musobaqada O‘zbekiston sharafini 17 nafar taekvondochi himoya qildi. Vakillarimiz qitʼa chempionatida 3ta oltin, 1ta kumush va 6ta bronza medaliga ega chiqishdi va Osiyo chempionatlari tarixidagi o‘zlarining eng yaxshi natijalariga erishishdi.

“Beirut Open”da esa taekvondochilarimiz 5ta oltin, 2ta kumush va 3ta bronza medalni qo‘lga kiritib umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallashdi.

Bugun, 22 iyun kuni soat 01:00da Berlinda o‘tgan para-suzish bo‘yicha Jahon seriyasi, para-dzyudo bo‘yicha Birmingem mezbonlik qilgan Gran-pri turnirida qatnashgan vakillarimiz va Osiyo chempionatida tarixni yangilagan taekvondochilarimiz Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida munosib tarzda kutib olindi. Marosimida O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi, Milliy Paraliipiya assotsiatsiyasi, O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi mutasaddilari, sportchilarning yaqinlari va OAV xodimlari ishtirok etishdi.

Tadbirda ishtirok etgan mutasaddilar sportchilarimizni qo‘lga kiritilgan muvaffaqiyat bilan qutlab, ularning kelgusi faoliyatida ham omad tilab qolishdi.

Text to speech