28 Iyul 2024 557

Diyora Keldiyorova amaldagi Olimpiada chempionini tomoshabinlar qatoriga kuzatib qo’ydi!

Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlarining dzyudo bahslarida kunning eng muhim voqeligi yuz berdi. Birinchi davradan erkin oʻtgan dzyudochimiz Diyora Keldiyorova (-52 kg) ikkinchi bosqichda Tokio-2020 yozgi Olimpiya oʻyinlari chempioni, yaponiyalik Uta Abega roʻbaroʻ keldi. Ushbu vaznning ikki nomdor sportchilari oʻrtasida bahsda Keldiyorova gʻalaba qozonib, bejiz jahon reytingi peshqadamiga aylanmaganini isbotladi.

Shu tariqa, eng asosiy raqib yoʻldan olib tashlandi. Endi oltin medal sari olgʻa Diyora!

Text to speech