28 Iyul 2024 221

Bugun besh nafar hamyurtimiz ishtirok etadi

Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlarining bugungi kunidan oʻrin olgan bellashuvlarda Oʻzbekiston delegatsiyasi 3 sport turida 5 nafar sportchi bilan ishtirok etadi. Dzyudochilarimiz Diyora Keldiyorova hamda Sardor Nurillayev oʻz vazn toifalarida medallar uchun kurash olib borishsa, akademik eshkak eshish va boks dasturida qatnashadigan vakillarimiz saralash bosqichida ishtirok etishadi.

Text to speech