28 Iyul 2024 241

Sport gimnastikachilarimiz ishtiroklarini yakunlashdi

Sport gimnastikasi bahslaridan oʻrin olgan bugungi bellashuvlar oʻz yakuniga yetdi. Unda Oʻzbekiston terma jamoasining uch nafar aʼzosi qatnashdi.

Hamyurtlarimiz orasida eng yuqori ballni Abdulla Azimov jamgʻardi. Koʻpkurash dasturida u 79.964 ochko bilan 28-natijani qayd etdi. Biroq bu Azimovga toʻgʻridan toʻgʻri final yoʻllanmasi uchun kamlik qildi. Shunday boʻlsa ham, u finalga daʼvogar ikkinchi zaxira sportchisi sifatida koʻrsatilgan.

78.498 ochko jamgʻargan Habibulla Ergashev esa 41-boʻlib oʻz ishtirokini yakunladi. Parallel brusdagi mashqda oʻz dasturini namoyish etgan Rasuljon Abdurahimov 14.466 ball bilan 22-natijani koʻrsatdi. Afsuski, hech bir atletimiz alohida dasturlarda finalga chiqa olishmadi.

Text to speech