21 Iyun 2021 1882

Dzyudochilarimiz Yevropa yig‘iniga yo‘l olishdi

Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Tokio Olimpiadasiga qadar xorij o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarida ishtirok etadi. Bugun sportchilarimiz ushbu yig‘inlarning birinchisini o‘tkazish uchun Turkiyaga yo‘l olishdi.

Erkaklar va ayollar terma jamoalari 21-30 iyun kunlari mos ravishda Turkiyaning Antaliya shahri hamda Slovakiyada tashkil etiladigan o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarida qatnashishadi. Hisob bo‘yicha ikkinchi yig‘in 1-7 iyul kunlari Xorvatiyada o‘tkaziladi va unda har ikki terma jamoamiz ham birgalikda mashg‘ulotlarga kirishadi. Olimpiadaga so‘nggi tayyorgarlik esa 11-19 iyul sanalarida bevosita Yaponiyaning Maydzuru shahrida o‘tkaziladi.

Text to speech