OOK vitse-prezidenti Otabek Umarov sportchilarimizga omad tiladi
Osiyo Olimpiya kengashi (OOK) vitse-prezidenti Otabek Umarov Olimpiya shaharchasida O‘zbekiston delegatsiyasi joylashgan binoga tashrif buyurib, hamyurtlarimizga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Otabek Muhammadaliyevichga delegatsiya rasmiylari hamrohlik qilishdi.
Tashrif davomida atletlarimiz uchun ajratilgan xonalar batafsil ko‘zdan kechirilib, shtab faoliyati, tibbiyot bo‘limi ham o‘rganildi. O.Umarovga har bir sportchimizning ishtiroki, rejalar xususidagi ma’lumotlar taqdim etildi.
Shuningdek, OOK vitse-prezidenti sportchilarimiz bilan uchrashib, ularning tayyorgarligi, rejalari haqida suhbatlashdi. Mas’uliyatli bahslar oldidan barcha terma jamoalarimizga omad va zafarlar tilab, yurtimizga yorug‘ yuz bilan qaytishlariga umid bildirdi.