26 Iyul 2024 404

Zaynab Dayibekova koreyalik qilichboz bilan Olimpiadani boshlaydi

Qilichbozimiz Zaynab Dayibekova ham Parij-2024 yozgi Olimpiya o’yinlaridagi ilk raqibini bilib oldi. Qur’aga ko’ra, Tokio-2020 yozgi Olimpiya o’yinlarining bronza medali sohibi janubiy koreyalik Jisu Yun Dayibekovaga dastlabki bosqichda raqiblik qiladi.

Eslatib o’tamiz, Dayibekoba ishtirok etadigan sablya dasturidagi bahslar 29-iyul kuni bo’lib o’tadi.

Text to speech