25 Iyul 2024 299

2030 va 2034-yilgi qishki Olimpiadalar mezboni aniqlandi

Parij-2024 yozgi Olimpiya o’yinlarining ochilish marosimidam avval Xalqaro Olimpiya qo’mitasining 142-Sessiyasi bo’lib o’tdi. Unda Olimpiya harakati istiqbolini yangi bosqichga olib chiqishga doir bir qator masalalar ko’rib chiqildi.

Xususan, 2030 va 2034-yilgi qishki Olimpiya o’yinlarining mezbonlari aniqlandi. Unga ko’ra Alp tog’larining Fransiya hududidagi qator shaharlari 2030, AQShning Solt-Leyk-Siti shahri esa 2034-yilgi O’yinlarni qabul qiladigan bo’ldi.

Text to speech