24 Iyul 2024 390

O’zbekiston futbol bahslarida Olimpiya o’yinlarida debyut qildi

Parij-2024 yozgi Olimpiya o'yinlari

 Oʻzbekiston 1:2 Ispaniya 

 E.Shomurodov 45+3’ (pen.) — M.Pubil 23’, S.Gomes 62’

Barcha o’zbek sporti muxlislarini bugungi tarixiy debyut bilan tabriklaymiz. Garchi Ispaniyaga qarshi bahsda futbolchilarimiz kichik hisobda imkoniyatni boy bergan bo’lsalar ham, butun o’yin davomida oxirigacha kurashishdi. Eldor Shomurodov esa jamoamizning Olimpiya o’yinlaridagi dastlabki goliga mualliflik qilgan futbolchi sifatida tarixga kirdi. Ajoyib o’yin uchun tashakkur yigitlar! Kelgusi bahslarda jamoamizga omad tilaymiz.

Text to speech