24 Iyul 2024 367

“Park de prens”da ajoyib atmosfera

Yana birozdan so'ng futbol bo'yicha O'zbekiston olimpiya terma jamoasi Ispaniyaga qarshi maydonga tushadi. Futbolchilarimizni qo'llab-quvvatlash uchun Yevropada istiqomat qilayotgan o’zbekistonlik muxlislar ham stadionga tashrif buyurishdi. Qolaversa, mahalliy ishqibozlar va volontyorlar ham futbolchilarimizni qo’llab-quvvatlash uchun arenaga yetib kelishdi. Yigitlarimizga bugun chin yurakdan omad yor bo'lishini va faqat g'alaba qozonishlarini tilab qolamiz! Olg'a, O'zbekiston!

Text to speech