24 Iyul 2024 546

Rasmiylar Olimpiya shaharchasiga tashrif buyurib, sportchilarga mas'uliyatli O'yinlar oldidan omad tilashdi

Bugun O'zbekiston delegatsiyasi Parij-2024 yozgi Olimpiya o'yinlaridagi ishtirokini boshlaydi. Shu munosabat bilan delegatsiya rahbariyati sportchilarimiz yashayotgan Olimpiya shaharchasiga tashrif buyurib, u yerda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Dastlabki uchrashuv futbolchilarimiz bilan o'tdi. Sport vaziri Adham Ikramov jamoa bosh murabbiyi Timur Kapadzega mas'uliyatli o'yin oldidan omad tilab, delegatsiyamiz ishtirokini chiroyli g'alaba bilan boshlab berishlarini tilab qoldi. O'z navbatida bosh murabbiyi buning uchun jamoa qo'ldan kelgan barcha ishni qilishga, yigitlarimiz maydonda oxirigacha o'ynashga tayyor ekanliklarini bildirdi.

Shundan so'ng mutasaddilar trenajor zali, delegatsiyamiz uchun ajratilgan xonalar, tibbiyot bo'limi va shtab faoliyatini, sportchilarimiz mashg'ulotini ko'zdan kechirishdi. Tashrif doirasida shtab yig'ilishi ham o'tkazilib, unda har bir mutaxassisga o'z faoliyatini yuqori darajada yo'lga qo'yish, sportchilar uchun barcha sharoitlarni yaratib berish borasida tegishli ko'rsatmalar berildi.

Text to speech