O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 67 yoshda!
Hurmatli Shavkat Miromonovich,
Bugun O’zbekiston delegatsiyasi Parij-2024 yozgi Olimpiya o’yinlarida o’z ishtirokini boshlash arafasida turibdi. Sizning sportga bo’lgan ulkan e’tibor va g’amxo’rligingiz, har bir atletimizni o’z o’g’il-qizlaringizdek ko’rib, ularga beqiyos sharoitlar yaratib berishingiz natijasi o’laroq O’zbekiston delegatsiyasi yozgi Olimpiya o’yinlariga o’z tarixida ilk bor 19 sport turida 90 nafar atlet bilan 75 ta yo’llanma qo’lga kiritoshga muvaffaq bo’ldi. Umid qilamizki, muzaffar atletlarimiz oldinda turgan mas’uliyatli bellashuvlarda o’z mahoratlatini namoyish etib, xalqimiz va sizning ishonchingizni oqlagan holda ona Vatanimizga yorug’ yuz bilan qaytadi.
Qadrli Shavkat Miromonovich, yurtimizdagi katta Olimpiya oilasi nomidan Sizni bugungi tavallud ayyomingiz bilan qutlab, Sizga uzoq umr, sihat-salomatlik, aziz Vatanimiz ravnaqini yanada yuksaltirish yo’lida bitmas-tuganmas kuch g’ayrat tilab qolamiz.