23 Iyul 2024 546

Alise Faxrutdinova Minskda Parijga tayyorlanmoqda

Zamonaviy beshkurash bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Alise Faxrutdinova ham Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlariga hozirlik ko‘rmoqda. Ayni kunlarda sportchimiz Minsk shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini olib boryapti.

Yig‘in davomida Faxrutdinova har bir yo‘nalish bo‘yicha o‘z mahoratini oshirmoqda. Mashg‘ulotlar 28-iyulga qadar davom etadi. Shundan so‘ng u tayyorgarlikning so‘nggi bosqichini Moskvada olib boradi.

Ma’lumot uchun, Faxrutdinovaning Olimpiya o‘yinlaridagi chiqishi 8, 10 va 11-avgust kunlariga to‘g‘ri keladi.

Text to speech