22 Iyul 2024 399

Yosh kurashchilarimiz qitʼa chempionatini oltita medal bilan boshlashdi

Ayni kunlarda Tailandning Sriracha shahrida sport kurashlari boʻyicha U20 yosh toifasidagi Osiyo chempionati boʻlib oʻtmoqda. Musobaqani yunon-rum kurashi ustalari boshlab berishdi. Unda Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari 1 ta oltin va 5 ta bronza medallariga sazovor boʻldilar.

Oltin medal:
-72 kg: Aleksandr Nazarov

Bronza medal:
-55 kg: Quvonchbek Yaxshiboyev
-60 kg: Alisher Gʻaniyev
-77 kg: Amirshoh Vahobov
-82 kg: Oʻrozali Turdialiyev
-97 kg: Javlonbek Tirkashev

Text to speech