20 Iyun 2021 1442

Yosh konkurchimiz Yevropada g‘alaba qozondi

Ayni kunlarda Polshaning Sopot shahrida ot sportining konkur yo‘nalishi bo‘yicha Millatlar kubogining navbatdagi bosqich musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda. Turnirda ishtirok etayotgan yosh hamyurtimiz Abdurahmon Abdullayev har bir yo‘nalishda shohsupaga ko‘tarilmoqda.

“Go for it” laqabli tulpor bilan qatnashayotgan Abdullayev dastlab 140 sm balandlikdagi to‘siqlarni 29,56 soniyada jarima ochkolarisiz bosib o‘tdi va yakunda ushbu natija kumush medalni taqdim qildi. Ikkinchi kun dasturida ayni shu balandlikdagi katta yo‘nalishni bosib o‘tish uchun 60,31 soniya sarfladi. Bu bilan hamyurtimiz bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Chavandozimiz navbatdagi kunda 150 sm balandlikdagi to‘siqlar o‘tish bahsida 26,16 soniyalik natija qayd etdi. Ushbu dasturda ishtirok etgan hech bir sportchi hamyurtimizning ko‘rsatkichini yaxshilay olmadi va Abdullayev ushbu yo‘nalish bo‘yicha oltin medal bilan taqdirlandi.

Text to speech