22 Iyul 2024 343

Eshkak eshuvchilarimiz jahon chempionatida uchta medalga sazovor bo‘lishdi

17-21-iyul kunlari Bolgariyaning Plovdiv shahrida baydarka va kanoeda eshkak eshish boʻyicha U18 va U23 yosh toifalaridagi jahon chempionati boʻlib oʻtdi. Quvonarlisi, unda ishtirok etgan Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari 1 ta oltin va 2 ta bronza medallariga sazovor boʻlishdi. Oltin medalga U23 yosh toifasida K1 (baydarka) 1000 metr masofada Arina Tanatmisheva egalik qildi. Batafsil:

 Oltin medal:
K1 1000 metr: Arina Tanatmisheva (U23)

 Bronza medal:
C2 X 500 metr: Behruz Ergashev / Muattarxon Qodirjonova (U18)
K1 1000 metr: Shahrizoda Mavlonova (U18)

Text to speech