22 Iyul 2024 228

Chavandozlarimiz Rossiyadagi xalqaro musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etishdi

Rossiya Federatsiyasida ot sportining konkur yoʻnalishi boʻyicha “Yevrosiyo yoshlar oʻyinlari”, “Yevrosiyo oʻyinlari” va “Maxima Masters” musobaqalari oʻz yakuniga yetdi. Unda Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari ham ishtirok etayotgani haqida maʼlum qilgan edik. Murosasiz bahslarda chavandozlarimiz 3 ta oltin, 3 ta kumush va 4 ta bronza medallariga sazovor boʻlishdi. Batafsil:

 Oltin medal:
Xurshidbek Alimjonov (“Yevrosiyo oʻyinlari”, 140 sm)
Umid Kamilov (“Yevrosiyo oʻyinlari”, 115 cm)
Bekzod Qurbonov (“Yevrosiyo oʻyinlari”, 135 cm)

 Kumush medal:
Katta aylana yoʻnalishida jamoaviy bahs
Kichik aylana yoʻnalishida jamoaviy bahs
Xurshidbek Alimjonov (“Yevrosiyo oʻyinlari”, 125 sm)

 Bronza medal:
Boburjon Valijonov (“Yevrosiyo yoshlar oʻyinlari”, 125 sm)
Bekzod Roʻzmuhamedov (“Maxima Masters”, 110 sm)
Bekzod Qurbonov (“Yevrosiyo oʻyinlari”, 140 sm)
Boburjon Valijonov (“Yevrosiyo oʻyinlari”, 130 cm)

Text to speech