21 Iyul 2024 486

Og‘ir atletikachilarimiz Antalya yig‘inida

Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rayotgan og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi shu kunlarda Turkiyaning Antalya shahrida yig‘in o‘tkazmoqda. Muhim yig‘in davomida sportchilarimizga Sport vazirining o‘rinbosari, mamlakat og‘ir atletika federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Shahrullo Mahmudov hamrohlik qilmoqda.

Shahrullo Sharipovich litsenziat sportchilarimizning mashg‘ulot jarayonini nazoratga olib, kerakli tavsiya va maslahatlarini berib boryapti. Antalya yig‘ini 5-avgustga qadar davom etadi. Shundan so‘ng og‘ir atletikachilarimiz Antalyadan to‘g‘ri Parijga yo‘l olishadi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu sport turida Akbar Jo‘rayev, Rigina Adashbayeva hamda Tursunoy Jabborova 4 yillikning eng nufuzli musobaqasida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritishgan.

Text to speech