19 Iyul 2024 451

Chavandozlarimiz Rossiyadagi xalqaro musobaqaning ilk kunida beshta medalga sazovor bo‘lishdi

Rossiyada ot sportining konkur yoʻnalishi boʻyicha "Yevrosiyo yoshlar oʻyinlari", "Yevrosiyo oʻyinlari" va "Maxima Masters" musobaqalari boshlandi. Turnirning ilk kunida Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari 1 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza, jami 5 ta medalga sazovor boʻlishdi. Batafsil:

 Oltin medal:
Xurshidbek Alimjonov ("Yevrosiyo oʻyinlari", 140 sm)

 Kumush medal:
Xurshidbek Alimjonov ("Yevrosiyo oʻyinlari", 125 sm)

 Bronza medal:
Bobrujon Valijonov ("Yevrosiyo yoshlar oʻyinlari", 125 sm)
Bekzod Roʻzmuhamedov ("Maxima Masters", 110 sm)
Bekzod Qurbonov ("Yevrosiyo oʻyinlari", 140 sm)

Text to speech