20 Iyul 2024
529
Jahon kurash afsonasi Artur Taymazov 45 yoshda!
Bugun erkin kurash boʻyicha Olimpiya oʻyinlarining oltin va kumush medallari sohibi, 2 karra jahon chempioni, uch karra Osiyo oʻyinlari gʻolibi, “El-yurt hurmati” va “Buyuk xizmatlari uchun” ordenlari, qolaversa, “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi”, “Oʻzbekiston iftixori” faxriy unvonlari sohibi Artur Taymazov 45 yoshni qarshi olmoqda.
Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Artur Borisovichni tavallud ayyomi bilan qutlab, unga uzoq umr, sihat-salomatlik tilab qoladi.