20 Iyun 2021 1645

Yunon-rum kurashchilarimiz Olimpiadaga Polshada tayyorgarlik ko‘rishyapti

Shu kunlarda yunon-rum kurashi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Polshaning Spala shahrida tashkil etilayotgan xalqaro o‘quv mashg‘ulot yig‘inida bo‘lib turibdi.

Poytaxt Varshavadan 117 km uzoqlikda joylashgan ushbu kurort shaharda bir nechta sport turlari bo‘yicha Polsha Olimpiya terma jamoalari uchun bunyod etilgan mashg‘ulot bazasi bor. Aynan shu markazda dunyoning 10 ta davlatidan kelgan terma jamoalar xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘ida ishtirok etishmoqda. Ular orasida Ravshan Ro‘ziqulov boshchiligidagi O‘zbekiston yunon-rum kurashi terma jamoasi ham bor.

Spaladagi xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida o‘zbekistonlik kurashchilar bilan birga Norvegiya, Germaniya, Fransiya, Xorvatiya, Vengriya, Litva, Finlyandiya, Ruminiya va Shvetsiya terma jamoalari ham ishtirok etyapti. Terma jamoamizning ushbu yig‘ini 24 iyunga qadar davom etadi.

Text to speech