20 Iyul 2024 422

Dzyudochilarimizning Normandiyadagi yig’ini yakuniy pallada

Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasining Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlari oldidan tayyorgarligi ayni avjida. Jamoamiz Normandiya regionida mashg‘ulotlarni olib bormoqda.

Yig‘in jarayonida mahalliy sportchilar hamyurtlarimizga sparring sherik sifatida yordam berishmoqda. Kodbek-lez-Elbyof shahrida o‘tayotgan mashg‘ulotlar 25-iyulga qadar davom etadi. Shundan so‘ng jamoamiz Olimpiya shaharchasiga joylashishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, Parij-2024 doirasida dzyudo bahslari 27-iyul – 3-avgust kunlari bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi 13 ta medallar jamlanmasi uchun kurash olib boradi.

Text to speech