20 Iyul 2024 567

Ishchi guruh Parij shahriga yetib bordi

Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etadigan O‘zbekiston delegatsiyasining ishchi guruhi Fransiya poytaxtiga yetib bordi. MOQ raisi o‘rinbosari Sherzod Tashmatov boshchiligidagi mutaxassislar rasmiy delegatsiya yetib borgunga qadar barcha tashkiliy ishlarni amalga oshiradi.

Ishchi guruh Tashkiliy qo‘mita mas’ullari bilan uchrashib, ko‘plab masalalarni hal qilmoqda. O‘zbekiston delegatsiyasi uchun ajratilgan bino atletlarimizni kutib olish uchun tayyor. Qayd etish joiz, Parij bo‘lajak Olimpiya o‘yinlariga professional tarzda tayyorlangani har qadamda ko‘rinib turibdi.

Birinchilardan bo‘lib ishtiroklarini boshlaydigan futbol, akademik eshkak eshish va kamondan otish bo‘yicha terma jamoalarimiz ayni paytda Olimpiya shaharchasiga joylashib ulgurgan.

Text to speech