19 Iyul 2024 471

So’nggi o’rtoqlik o’yini ham muvaffaqiyatli o’tdi

Kamondan otish boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari ayni kunlarda Fransiya poytaxtida boʻlajak Olimpiya oʻyinlariga hozirlik koʻrishmoqda. Mazkur yigʻinda Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etadigan koʻplab terma jamoalar ham qatnashyapti.

Merganlarimiz murabbiylar shtabi bilan ishlab chiqilgan dastur asosida mashgʻulot olib borishmoqda. Yigʻin 20-iyulga qadar davom etadi. Shu kunning o’zida atletlarimiz Olimpiya shaharchasiga joylashishadi. Olimpiada dasturiga koʻra, 25-iyul kuni sportchilarimiz dastlabki saralash bosqichida oʻz ishtiroklarini boshlashadi.

Eslatib oʻtamiz, Ziyodaxon Abdusattorova hamda Amirxon Sodiqov yurtimiz sporti tarixida ilk bor mazkur yoʻnalishda Olimpiada yoʻllanmalarini qoʻlga kiritishgan.

Text to speech