18 Iyul 2024 472

So’nggi o’rtoqlik o’yini ham muvaffaqiyatli o’tdi

Futbol bo’yicha O’zbekiston olimpiya terma jamoasi Parij-2024 yozgi Olimpiya o’yinlari startidan avval ikkinchi o’rtoqlik o’yinini ham muvaffaqiyatli o’tkazdi. Yangi Zelandiyaga qarshi kechgan nazorat bahsida Timur Kapadze shogirdlari 3:1 hisobida g’alaba qozonishdi.

Jamoamiz safida Husayn Norchayev dubl qayd etgan bo’lsa, yana bir golga Oston O’runov mualliflik qildi. Eslatib o’tamiz, hamyurtlarimiz Olimpiya o’yinlaridagi ilk uchrashuvni 24-iyul kuni Ispaniyaga qarshi o’tkazishadi.

Text to speech