18 Iyul 2024 958

Parij-2024 litsenziatlari: Budapesht reyting turniri gʻolibi Razambek Jamalov

Erkin kurash sportida Olimpiada litsenziyalari alohida sportchiga emas, terma jamoa hisobiga beriladi. Bekzod Abdurahmonov aprel oyida Qirgʻizistonda oʻtgan litsenzion turnir orqali Oʻzbekiston delegatsiyasi hisobiga Parij-2024 yoʻllanmasini taqdim etgan edi. Murabbiylar shtabining qaroriga koʻra, bugungi kunda atletlarning sport formasi va soʻnggi turnirlarda qayd etgan natijasini inobatga olgan holda Razambek Jamalov Parij gilamlarida kurashadigan boʻldi.

Jamalov Razambek Salambekovich 1998-yil 1-iyun kuni Rossiya Federatsiyasining Xasavyurt shahrida tugʻilgan. Murabbiyi Olim Hikmatov. 2024-yildan Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi. Kurashchimiz iyun oyida Vengriyaning Budapesht shahrida oʻtgan reyting turnirida ishtirok etib, oltin medalni qoʻlga kiritdi. Razambek musobaqa davomida Parij-2024 litsenziati venesuelalik Entoni Montero, shuningdek, gruziyalik Giorgi Elkabidze, eronlik Ali Abbos va finalda vengriyalik Murad Kuramagomedov kabi taniqli polvonlarni magʻlubiyatga uchratishga muvaffaq boʻldi.

Jamalov qitʼaviy litsenzion turnir orqali Oʻzbekiston terma jamoasi uchun qoʻlga kiritilgan yoʻllanma evaziga Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlarida -74 kg vazn toifasida kurashadi.

Text to speech