17 Iyul 2024 621

Parij-2024 litsenziatlari: Uch karra qitʼa chempionati sovrindori Dmitriy Bocharov

Xalqaro velosportchilar ittifoqi tomonidan eʼlon qilingan reyting yakunida Oʻzbekiston erkaklar terma jamoasi 1 ta Parij-2024 yoʻllanmasiga sazovor boʻlgan edi. Bir necha oy davom etgan ichki raqobatda Dmitriy Bocharov terma jamoadagi tajribali sheriklarini ortda qoldirib, Olimpiada ishtirokchilari qatoriga qoʻshildi.

Bocharov Dmitriy Aleksandrovich 2002-yil 6-iyun kuni Fargʻona viloyatida tugʻilgan. 2016-yildan turli yosh toifalarida Oʻzbekiston terma jamoasi sharafini himoya qilib kelmoqda. Murabbiyi Gleb Groysman. Bocharov hisobida Osiyo chempionatlarining 2 ta kumush va 1 ta bronza medallari mavjud. Jumladan, 2022-yil Tojikistonda oʻtgan qitʼa birinchiligida 1 tadan kumush va bronza medallariga ega chiqqan boʻlsa, 1-yil oʻtib Tailandda ham shohsupaning ikkinchi pogʻonasiga koʻtarilgan. Koʻplab xalqaro musobaqalar gʻolib va sovrindori.

Bocharov terma jamoa murabbiylar shtabining qaroriga koʻra erkaklar terma jamoasi uchun taqdim etilgan yagona litsenziya hisobiga guruh poygasi dasturida ishtirok etadi.

Text to speech