20 Iyun 2021 2172

Og‘ir atletikachilarimiz Olimpiada oldidan so‘nggi yig‘inga jo‘nab ketishdi

Bugun tunda og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Tokio-2020 Olimpiadasi oldidan so‘nggi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazish uchun Ukrainaning Kamenets-Podolskiy shahriga yo‘l oldi.

Mazkur yig‘in roppa-rosa 1 oyga mo‘ljallangan bo‘lib, 20 iyul kuni Tokio-2020 litsenziatlari Adhamjon Ergashev, Akbar Jo‘rayev, Muattar Nabiyeva hamda Kumushxon Fayzullayeva murabbiylarimiz bilan Tokio shahriga yo‘l olishadi. Qolgan vakillarimiz esa yana 1 haftalik mashg‘ulotlardan so‘ng 29 iyul kuni Toshkentga qaytib kelishadi. Jamoamiz Ukrainaga quyidagi tarkibda qo‘l oldi:

Sportchilar:
Adhamjon Ergashev
Akbar Jo‘rayev
Sarvar Zafarjonov
Muhammadqodir Toshtemirov
Ruslan Nurudinov
Muattar Nabiyeva
Kumushxon Fayzullayeva
Tursunoy Jabborova

Murabbiylar:
Bahrom Mendiboyev
Yerjas Boltayev

Massajchi:
Obiddin Muslimov

Text to speech