16 Iyul 2024 300

Gimnastikachilarimiz Turkiyada Parij Olimpiadasiga tayyorgarlikning soʻnggi bosqichini olib borishmoqda

Parij-2024 yozgi Olimpiya o’yinlariga hozirlik ko’rayotgan sport gimnastikasi bo’yicha O’zbekiston erkaklar terma jamoasi a’zolari ayni kunlarda Turkiyaning Antalya shahrida xalqaro o’quv-mashg’ulot yig’inini olib borishmoqda. Mazkur yig’inga uchala litsenziatlarimiz Rasuljon Abdurahimov, Habibullo Ergashev hamda Abdulla Azimov jalb etilgan.

Sportchilarimiz mashg’ulotlarda Olimpiada uchun tayyorlangan maxsus dasturlarini takomillashtirishmoqda. 11-iyulda boshlangan mazkur yig’in 23-iyulga qadar davom etadi.

Text to speech