15 Iyul 2024 387

Zamonavyi beshkurash bo‘yicha ommaviy sport musobaqasi o‘z g‘oliblarini aniqladi

Oʻzbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi tomonidan poytaxtimizdagi “Tashkent City Park” bogʻida zamonaviy beshkurashning lazer-ran yoʻnalishi boʻyicha ommaviy sport musobaqasi boʻlib oʻtdi. Xalqaro federatsiya talablari asosida tashkil etilgan “LASER RUN 2024” turnirida 300 nafar kattalar va 250 nafar yosh havaskorlar gʻoliblik uchun kurash olib borishdi.

Musobaqa butun bogʻ boʻylab sportcha ruh va koʻtarinki kayfiyat ulashib turdi. Ishtirokchilar yugurish va merganlik borasida oʻz mahoratlarini namoyish etib, yakunda tashkilotchilarning esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanishdi.

Qayd etish joiz, bu kabi sport tadbirlari mamlakatimiz yoshlari orasida ommaviylikni oshirish bilan birga iqtidorli yoshlarni kashf etish yoʻlida xizmat qiladi.

Text to speech