15 Iyul 2024
611
Futbolchilarimizning o‘rtoqlik uchrashuvidagi raqibi o‘zgardi
Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik koʻrayotgan futbol boʻyicha Oʻzbekiston olimpiya terma jamoasi bugun Gvineya olimpiyachilariga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvini oʻtkazishi rejalashtirilgan edi. Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasining maʼlum qilishicha, Gvineya jamoasi mazkur oʻyinda ishtirok eta olmasligini bildirgan.
OʻFA qisqa fursat ichida mazkur oʻrtoqlik oʻyini uchun boshqa raqib topish ustida ish olib bordi. Unga koʻra, Timur Kapadze qoʻl ostidagi jamoa bugun Fransiyaning "Reysing Grass" klubiga qarshi maydonga tushadigan boʻldi.