14 Iyul 2024 689

Parij-2024: Yana bir hamyurtimiz sport gimnastikasi bahslarida hakamlik qiladi

Xalqaro gimnastika federatsiyasi (FIG) Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlarida faoliyat olib boradigan yana bir o‘zbekistonlik hakam nomini e’lon qildi. Unga ko‘ra, hamyurtimiz Oksana Kiosya bo‘lajak Olimpiadada sportchilarning chiqishini baholaydi.

Sport gimnastikasi bo’yicha qit’a va jahon chempionatlarida faoliyat olib borib kelayotgan yurtdoshimiz uchun bu birinchi Olimpiada bo‘ladi. Kiosya ayollar o‘rtasidagi bellashuvlarda ishlashi kutilmoqda. Eslatib o‘tamiz, bundan avval Ravshan Mirzayev erkaklar o‘rtasidagi bellashuvlarda hakamlik qilishi ma’lum bo‘lgan edi.

Text to speech