19 Iyun 2021 1426

Navoiylik yoshlar Olimpiada chempionidan mahorat saboqlari olishdi

Xabaringiz bor, ayni kunlarda butun yurtimiz bo‘ylab “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik” shiori ostida Respublika yoshlar festivali bo‘lib o‘tmoqda. 16-18 iyun kunlari Navoiy shahrida ana shunday tadbirlardan biri o‘tkazildi.

Ahamiyatlisi, unda Olimpiya o‘yinlari chempionlari Ruslan Nurudinov va Hasanboy Do‘smatov kabi taniqli sportchilarimiz ham ishtirok etishdi. Tadbir doirasida bir guruh sportsevar yoshlar Navoiy Olimpiya zaxiralari kollejida jam bo‘lishdi. Unda og‘ir atletika bo‘yicha jahon va Olimpiada rekordchisi Ruslan Nurudinov yoshlar uchun ushbu sportdagi kerakli texnikalar bo‘yicha mahorat saboqlarini namoyish qilib berdi.

Maʼlumki, Navoiy viloyati og‘ir atletika bo‘yicha terma jamoamiz uchun kuchli sportchilarni yetkazib berayotgan yetakchi hududlardan sanaladi. Olimpiada chempioni bilan tashkil qilingan bunday tadbirlar yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularning sportga bo‘lgan qiziqishlarining yana-da ortishi yo‘lida beqiyos ahamiyat kasb etadi.

Text to speech