13 Iyul 2024 375

Rustam Assakalov va Diyora Keldiyorovani tabriklaymiz!

Bugun yunon-rum kurashi boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi, jahon chempionatlarining ikki karra sovrindori, Inchxon-2014 yozgi Osiyo oʻyinlari gʻolibi, uch karra Osiyo chempioni Rustam Assakalov, shuningdek, dzyudo boʻyicha uch karra jahon chempionati sovrindori, Xanchjou-2022 yozgi Osiyo oʻyinlarining oltin va kumush medallari egasi, ikki karra qitʼa chempioni, “Kelajak bunyodkori” medali va “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi” faxriy unvoni sohibi Diyora Keldiyorova tugʻilgan kunini nishonlamoqda.

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi har ikki sportchimizni bugungi ayyom bilan qutlab, ularga uzoq umr va sihat-salomatlik, yaqinlashib kelayotgan Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlarida ulkan muvaffaqiyat tilaydi.

Text to speech