11 Iyul 2024 359

Bokschilarimizning Olimpiada oldidan yig‘ini qizg‘in pallada

Boks boʻyicha Oʻzbekiston erkaklar terma jamoasi ayni kunlarda Fransiyaning Nansi shahrida xalqaro oʻquv-mashgʻulot yigʻinini olib bormoqda. Xabar berganimizdek, mazkur yigʻinga Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etadigan 7 nafar bokschimiz va ularning sparring-sherliklari jalb etilgan.

Nansi yigʻinida Oʻzbekiston, Fransiya, Kuba, Ispaniya, Vengriya, Xitoy, Tailand kabi jami 18 davlat qatnashyapti. Mashgʻulotlar davomida sparring janglari ham tashkil etilib, yigitlarimiz bu orqali oʻz mahoratlarini yanada oshirishmoqda.

Text to speech