11 Iyul 2024 918

Ikkinchi bor oʻtkazilgan Axbor Imomxoʻjayev xotira turnirida eng yaxshilar aniqlandi

Oʻzbek futbol sharhlovchiligi maktabi asoschisi, yurtimiz futboli rivojiga ulkan hissa qoʻshgan mutaxassis, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi Axbor Imomxoʻjayev xotirasiga bagʻishlangan futbol turniri oʻz yakuniga yetdi. 7-10-iyul kunlari tashkil etilgan musobaqa koʻtarinki ruhda oʻtib, unda Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi (OʻFA) jamoasi qatorisiga ikkinchi yil bosh sovrinni qoʻlga kiritdi.

Bu gal kumush medallar “kun.uz” jamoasiga nasib etdi. “Paxtakor” faxriylari esa qatorasiga ikkinchi bor bronza medallari bilan taqdirlandilar. Batafsil:

1. OʻFA
2. “kun.uz”
3. “Paxtakor” faxriylari
4. “championat.asia”
5. “Sulola”
6. Oʻzbekiston futbol hakamlari markazi
7. Oʻzbekiston professional futbol ligasi
8. “Tong II”
9. “Jurnalist”
10. “Sharhlovchi”

Shuningdek, quyidagi nominatsiyalarda eng yaxshilar aniqlab olindi:

Eng yoshi ulugʻ oʻyinchi: Habibulla Mirzaxonov (“Tong II”, 74 yosh)
Eng yaxshi darvozabon: Normuhammadali Abdurahmonov (kun.uz)
Turnir toʻpurari: Sobir Xodiyev (“Paxtakor”) va Doniyor Imomxoʻjayev (“Sulola”) (10 tadan gol)
Eng yaxshi oʻyinchi: Shukur Ashirov (OʻFA).

Musobaqa yakunida gʻolib va sovrindorlar, oʻz yoʻnalishida eng yaxshi deb topilganlar tashkilotchilar tomonidan taqdirlanishdi.

Text to speech