11 Iyul 2024
646
Zuhra Abdullayeva faoliyatidagi uchinchi olimpiadasida hakamlik qiladi
Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlarida faoliyat olib boradigan oʻzbekistonlik hakamlar soni ortib bormoqda. Boʻlajak Olimpiadada ogʻir atletika bahslarida hamyurtimiz, xalqaro toifadagi hakam Zuhra Abdullayeva ham ishlaydigan boʻldi.
Qayd etish joiz, bu Abdullayeva uchun uchinchi Olimpiada boʻladi. Tajribali hakamimiz bungacha Rio-2016 va Tokio-2020 yozgi Olimpiya oʻyinlarida ham faoliyat olib borgan.